Erling Holand Abduqodir Husanovni qanday qoʻllab-quvvatlaganini koʻring (video)

Erling Holand Abduqodir Husanovni qanday qoʻllab-quvvatlaganini koʻring (video)
Futbol boʻyicha Angliya chempionatining 23-tur, markaziy bahsi “Manchester Siti” — “Chelsi” (3:1) oʻyinidan keyin “shaharliklar” hujumchisi Erling Holand Abduqodir Husanovning debyuti haqida iliq fikr bildirdi. Uning aytishicha, Husanov – yaxshi markaziy himoyachi.

“Bu uning ilk uchrashuvi edi. Asabiylik, hayajon - bunday vaziyatlarda normal holat. Men oʻzimning ilk oʻyinimni eslayman. Oʻshanda Angliya Superkubogi doirasida ”Liverpul“ga qarshi maydonga tushgandim. Unga yana ikkita oʻyin bering va Abduqodirning nimalarga qodir ekanini koʻrasiz”, - dedi “Manchester Siti” etakchisi.

Bundan tashqari “shaharliklar” hujumchisi Erling Holand oʻyin davomida Abduqodir Husanovni foydali harakatlari uchun ham bir necha marta qoʻllab-quvvatladi. Buni quyidagi videolar koʻrsatib turibdi.

Mazkur videoda oʻyinning 2-daqiqasida Abduqodir boshlagan hujum uchun Holand uni olqishlamoqda.

Ushbu videoda esa norvegiyalik uning \"podkati”ga ijobiy reaktsiya bildirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.