Evropa ligasi. Shomurodov urgan chiroyli gol "Roma"ni pley-offga olib chiqdi (video)

Evropa ligasi. Shomurodov urgan chiroyli gol "Roma"ni pley-offga olib chiqdi (video)
Evropa ligasi umumiy guruh bosqich oʻyinlari yakunlandi. Soʻnggi turda \"Roma\" oʻz maydonida \"Ayntraxt\"ni qabul qildi.

Bahsning 44-daqiqasida Anxelino hisobni ochdi. 67-daqiqada zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan Eldor Shomurodov oradan 2 daqiqa oʻtib, raqib darvozasini ishgʻol qildi.

Shu orqali \"Roma\" pley-off bosqichiga yoʻllanma oldi.

Roma Italiya – Ayntraxt F Germaniya 2:0
\"Olimpiya stadioni\"
Gollar: 1:0 – 44 Anxelino, 2:0 – 69 Shomurodov.
Roma – Svilar, Ndika, Xummels, Manchini, Pellegrini (Chelik, 80), Dibala (Pizilli, 80), Anxelino, Kone, Paredes (Kristante, 61), Salemakers (Soule, 61), Dovbik (Shomurodov, 67).
Ayntraxt F – Trapp, Teate, Kox, Tuta, Kristensen, Baoyya (Nkunku, 65), Larsson (Daud, 64), Sxiri, Knauff (Uzun, 64), Shaibi (Ish, 84), Ekitik (Matanovich, 72).
Ogohlantirish: Salemakers (6).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.