Vadim Abramov Superliga-2025 yilgi mavsum uchun qur'a va start haqida gapirdi

Superliga-2025 yilgi mavsumiga qur'a tashlangach, «Dinamo» bosh murabbiyi Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga chempionat starti haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
- Taqvim unchalik yaxshi keldi, deya olmayman. Ha, baribir turnir davomida barcha raqiblar bilan oʻynashga toʻgʻri keladi, ammo birinchi toʻrtta oʻyindan uchtasini safarda oʻtkazish qiyin boʻladi. Ammo har qanday qiyinchilikka qaramay, yaxshi tayyorlanish va kurashish kerak.
- Bu yil ham mavsumni Namanganda «Navbahor»ga qarshi ochilish oʻyini bilan boshlaymiz. Bu turnir starti uchun eng qiyin raqib deb hisoblaysizmi?
- Yoʻq, bunday deb oʻylamayman. Eng asosiysi, Namanganda oʻtgan yilgidek hakamlar xatoga yoʻl qoʻyishmasa boʻldi, — dedi bosh murabbiy.
Manba: @FCDinamo1960
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!- Taqvim unchalik yaxshi keldi, deya olmayman. Ha, baribir turnir davomida barcha raqiblar bilan oʻynashga toʻgʻri keladi, ammo birinchi toʻrtta oʻyindan uchtasini safarda oʻtkazish qiyin boʻladi. Ammo har qanday qiyinchilikka qaramay, yaxshi tayyorlanish va kurashish kerak.
- Bu yil ham mavsumni Namanganda «Navbahor»ga qarshi ochilish oʻyini bilan boshlaymiz. Bu turnir starti uchun eng qiyin raqib deb hisoblaysizmi?
- Yoʻq, bunday deb oʻylamayman. Eng asosiysi, Namanganda oʻtgan yilgidek hakamlar xatoga yoʻl qoʻyishmasa boʻldi, — dedi bosh murabbiy.
Manba: @FCDinamo1960
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













