Marselo 37 yoshida faoliyatiga nuqta qoʻydi

Marselo 37 yoshida faoliyatiga nuqta qoʻydi
Braziliyalik mashhur futbolchi Marselo 37 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi.

U uzoq yillar davomida \"Real Madrid\" jamoasida oʻynab, muxlislar qalbidan chuqur joy egallagan. Marselo faoliyatining ilk yillari (2005—2006) va soʻnggi mavsumini (2023—2024) \"Fluminense\"da oʻtkazdi. 2007—2022-yillarda esa Madrid klubida asosiy himoyachilardan biri boʻlib, jamoa bilan koʻplab sovrinlar yutdi. 2022/23-mavsumda Gretsiyaning \"Olimpiakos\" klubida ham toʻp surdi.

Marselo oʻz faoliyati davomida jami 31 ta sovrin qoʻlga kiritdi va oʻz avlodining eng muvaffaqiyatli futbolchilaridan biri sifatida tarixda qoldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.