Shaxmat. Javohir Sindorov Magnus Karlsenni magʻlubiyatga uchratdi

Shaxmat. Javohir Sindorov Magnus Karlsenni magʻlubiyatga uchratdi
Vayssenxaus shahrida shaxmat boʻyicha mukofot jamgʻarmasi 750 ming dollar boʻlgan nufuzli turnir boshlandi.

Ushbu musobaqada oʻzbekistonlik ikki shaxmatchi — Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov ishtirok etmoqda.
Shaxmat. Javohir Sindorov Magnus Karlsenni magʻlubiyatga uchratdi
Bugun oʻtkazilgan beshta raund yakuniga koʻra, Javohir Sindorov 4,5 ochko jamgʻarib, musobaqa jadvalida amerikalik Fabiano Karuana bilan etakchilik qilmoqda. Nodirbek Abdusattorov hisobida esa 2,5 ochko mavjud.

Javohir Sindarov germaniyalik Vinsent Keymer, amerikalik Levon Aronyan, sloveniyalik Vladimir Fedoseyev hamda shaxmat afsonasi, Norvegiya vakili Magnus Karlsen ustidan gʻalaba qozondi.

Nodirbek Abdusattorov esa Gukesh, amerikaliklar — Xikaru Nakamura va Fabiano Karuana bilan durang qayd etgan boʻlsa, Vladimir Fedoseyevni magʻlubiyatga uchratdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.