Ronaldu 924-golini urdi va "Al-Nasr" yirik gʻalaba qozondi

Ronaldu 924-golini urdi va "Al-Nasr" yirik gʻalaba qozondi
\"Al-Nasr\" Saudiya Arabistoni chempionatining 19-turida \"Al-Fayha\"ni 3:0 hisobida magʻlub etdi, deb xabar bermoqda Vesti.kz.

Jamoaning yangi futbolchisi Jon Duran (22-daqiqa, 72-daqiqa) dubl qayd etdi, uchinchi gol esa Krishtianu Ronaldu tomonidan 74-daqiqada urildi.

Bu gol Ronalduning professional faoliyatidagi 924-goli boʻlib, shundan 789 tasi klub darajasida, 135 tasi esa Portugaliya terma jamoasi safida kiritilgan.

Ronaldu hozirgi mavsumda 18 ta oʻyinda 16 gol va 3 assist qayd etgan.

Turnir jadvali:
? \"Al-Nasr\" – 41 ochko bilan 3-oʻrinda
? \"Al-Fayha\" – 16 ochko bilan 14-oʻrinda

Ronaldu 2023-yildan beri \"Al-Nasr\" sharafini himoya qilmoqda, uning jamoa bilan shartnomasi 2024-yil 30-iyunda yakunlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.