Otabek Shukurovning Ronalduga qarshi oʻyini qanday baholandi?

Otabek Shukurovning Ronalduga qarshi oʻyini qanday baholandi?
Futbol boʻyicha Saudiya Pro ligasining 19-turidan oʻrin olgan “An-Nassr” va “Al-Feyha” klublari oʻrtasidagi uchrashuv kecha boʻlib oʻtdi.

Ushbu uchrashuvda “An-Nassr” 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. “An-Nassr” tarkibida Duran dubl qayd etgan boʻlsa, 3-golga Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi.
Otabek Shukurovning Ronalduga qarshi oʻyini qanday baholandi?
Foto: Instagram
“Al-Feyha” klubi asosiy tarkibida Oʻzbekiston terma jamoasi a'zosi Otabek Shukurov maydonga tushdi va 79 daqiqa harakat qildi. Sofascore nashri Otabek Shukurovning oʻyinini 6,7 ballga loyiq koʻrdi. Mehmonlar tarkibida hujumchi Renzo Lopez eng koʻp 6,9 ballga loyiq koʻrilgan.
Otabek Shukurovning Ronalduga qarshi oʻyini qanday baholandi?
Foto: Sofascore
Mezbonlar tarkibida ikkita gol urgan Duran eng yuqori 9,1 ball bilan baholandi va oʻyinning eng yaxshi futbolchisi sifatida e'tirof etildi. Sadio Mane 8,3 ballga loyiq koʻrilgan boʻlsa, Ronalduga 7,1 ball qoʻyildi.

“An-Nassr” ushbu gʻalabadan soʻng ochkolari sonini 41 taga etkazib oldi va turnir jadvalining 3-oʻrnida bormoqda. “Al-Feyha” esa 16 ochko bilan 14-oʻrinda joylashgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.