Abduqodir Husanovning “Nyukasl”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Abduqodir Husanovning “Nyukasl”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida \"Manchester Siti\" o‘z maydonida \"Nyukasl\" ustidan yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv qahramoni Omar Marmush bo‘ldi – u xet-trik qayd etdi (19\', 24\', 33\'). So‘nggi gol esa Jeyms Makati tomonidan 84-daqiqada kiritildi.

Pep Gvardiolaning shogirdlari butun o‘yin davomida to‘liq ustunlik qildi. \"Manchester Siti\" umumiy 11 zarba yo‘llab, ularning 7 tasini darvoza to‘riga yo‘lladi, to‘pga egalik qilishda 62% ustunlik qildi va 585 ta aniq pas berdi (92% aniqlik bilan). Himoya chizig‘ida yosh futbolchi Abduqodir Husanov o‘zini ishonchli ko‘rsatdi va 7.0 baho oldi. U himoyada mustahkam harakat qilib, raqib hujumchilariga deyarli imkoniyat qoldirmadi.
Abduqodir Husanovning “Nyukasl”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?
\"Nyukasl\" esa umuman o‘z o‘yinini topa olmadi – mehmonlar atigi 3 marta darvoza tomon zarba yo‘llab, faqat 1 marta aniq zarba bera oldi. Himoyada esa Den Bern eng past – 5.9 reyting bilan baholandi, bu esa \"Nyukasl\" uchun kechasi yomon kechganini anglatadi.

Bu g‘alaba bilan \"Manchester Siti\" 44 ochkoga ega bo‘lib, turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi, \"Nyukasl\" esa 41 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.