"Roma" birinchi bo‘limda "Portu" ustidan ustun kelmoqda

"Roma" birinchi bo‘limda "Portu" ustidan ustun kelmoqda
UEFA Yevropa Ligasining 1/16 final javob uchrashuvida \"Roma\" birinchi bo‘limdan keyin \"Portu\"ni 2:1 hisobida oldinda yakunladi.

O‘yin hisobini 27-daqiqada \"Portu\" hujumchisi Samu Agexova ochdi. Golga assistentlikni Fabio Vieyra amalga oshirdi.

Biroq, \"Roma\" tezda hisobni tenglashtirdi. 35-daqiqada Paulo Dibala Eldor Shomurodovning uzatmasidan keyin gol urdi.

39-daqiqada esa Dibala yana o‘zini ko‘rsatdi va \"Roma\"ni oldinga olib chiqdi. Bu safar unga golni yaratishda K. Kone yordam berdi.

Umumiy hisob bo‘yicha \"Roma\" hozirda 3:2 hisobida oldinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.