"Barselona" - "Las-Palmas" bo‘yicha ekspertlarning taxminlari qanday?

"Barselona" - "Las-Palmas" bo‘yicha ekspertlarning taxminlari qanday?
Ispaniya La Ligasining navbatdagi turida \"Las-Palmas\" va \"Barselona\" jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv \"Gran-Kanariya\" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ekspertlarning taxminlariga ko‘ra, \"Barselona\"ning g‘alaba qozonish ehtimoli 78% ni tashkil etadi. \"Las-Palmas\"ning g‘alabasi faqat 9% taxmin qilinmoqda, durang ehtimoli esa 13%.

Jamoalarning joriy holatiga nazar tashlasak, \"Barselona\" 24 o‘yinda 16 g‘alaba, 3 durang va 5 mag‘lubiyat bilan 51 ochko to‘plagan va turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. \"Las-Palmas\" esa 25 uchrashuvda 5 g‘alaba, 13 mag‘lubiyat va 7 durang bilan 23 ochko jamg‘argan va 17-o‘rinda joylashgan.

Agar \"Barselona\" g‘alaba qozonsa, jamoa \"Atletiko Madrid\" bilan bir xil ochko to‘playdi. Biroq \"Las-Palmas\" o‘z maydonida raqiblariga qiyinchilik tug‘dirishi bilan tanilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.