Strandja-2025. Dastlabki medal va uch finalchimiz nomi ma’lum bo‘ldi!

Strandja-2025. Dastlabki medal va uch finalchimiz nomi ma’lum bo‘ldi!
Xabaringiz bor, ayni paytda Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha 76-\"Strandja\" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi kun doirasida, hozirga qadar 3 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarildi.

Yarim finallarning dastlabkisida, -51 kg da Asilbek Jalilov turkiyalik Samet Gumusga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.

Xo‘janazar Nortojiyev -57 kg da bo‘lib o‘tgan yarim finalda qozog‘istonlik Orazbek Assilqulovni mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi.

-80 kg da Fazliddin Erkinboyev avstriyalik Osaro Aimufuani qiyinchiliksiz yengib, finalga chiqdi.

-92 kg vaznda To‘rabek Xabibullayev irlandiyalik Jak Marleyni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

Oldinda bizni yana 5 nafar bokschimizning janglari kutmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.