Benfika va Barselona o‘rtasidagi jangovar birinchi bo‘lim statistikasi

Benfika va Barselona o‘rtasidagi jangovar birinchi bo‘lim statistikasi
Benfika va Barselona o‘rtasidagi UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi ilk o‘yinining birinchi bo‘limi jangovar ruhda o‘tdi. Hozircha hisob ochilmadi, ammo maydonda keskinlik yetarlicha. Eng muhim voqealardan biri - Barselona futbolchisi Pau Kubarsi 22-daqiqada qizil kartochka olib, kataloniyaliklarni 10 kishi qoldirdi.

Statistikaga ko‘ra, Benfika raqib darvozasi tomon 11 ta zarba yo‘lladi, ulardan 3 tasi aniq bo‘ldi. Barselona esa 8 ta zarba berib, 4 tasini aniq yo‘lladi. Barcha raqamlarda Barselona to‘p nazoratini saqlab qolgan – 60% to‘pga egalik qildi. Shuningdek, Benfika 4 ta burchak zarbasi amalga oshirdi, Barselona esa atigi 2 ta.

Ikkinchi bo‘limda qizil kartochkadan keyin vaziyat qanday o‘zgarishi futbol ishqibozlari uchun qiziq bo‘lishi aniq!
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.