«Nottingem Forest» – «Manchester City»: birinchi taymda hisob ochilmadi

«Nottingem Forest» – «Manchester City»: birinchi taymda hisob ochilmadi
Angliya Premer-ligasining 28-turidan o‘rin olgan «Nottingem Forest» – «Manchester City» bahsining birinchi taymi 0:0 hisobida yakunlandi.

Taym davomida «City» to‘p nazoratida ustunlik qildi – 68% ga 32%. «Manchester City» jamoasi raqib darvozasiga 7 marta zarba yo‘llagan, ammo faqat bittasi nishonga tegdi. «Forest» esa 2 marta zarba bergan va bittasi aniq bo‘lgan.

Jamoalar follar soni bo‘yicha teng – har biri 4 tadan qoida buzgan. Har ikki jamoa bir nafardan sariq kartochka olgan. Burchak zarbalarida esa «Forest»da 1 ta, «City»da esa hali hech qanday burchak zarbasi yo‘q.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida hisob ochiladimi? Kutyapmiz!
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.