"Al-Nasr" "Istiqlol"ni taslim etdi – yirik g‘alaba!

"Al-Nasr" "Istiqlol"ni taslim etdi – yirik g‘alaba!
Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsida \"Al-Nasr\" o‘z maydonida \"Istiqlol\"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi va chorak finalga yo‘l oldi. Birinchi o‘yindagi 0:0 hisobidan keyin saudiyaliklar javob bahsida barcha savollarga javob berishdi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Jon Dyuran \"Al-Nasr\"ni oldinga olib chiqdi. 27-daqiqada esa Krishtianu Ronaldu penaltidan aniq zarba berib, jamoasining ustunligini oshirdi. Ikkinchi bo‘limda ham maydon egalari faol harakat qildi va 84-daqiqada Dyuran yana bir bor gol urdi.

\"Al-Nasr\" butun o‘yin davomida ustunlik qildi – 22 ta zarba, to‘pga egalik qilish 68% va 90% aniq paslar bilan raqibni jazoladi. \"Istiqlol\" esa 45+2-daqiqada bir kishi kam qoldi va muxolifat ko‘rsatolmadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.