Eron terma jamoasining O‘zbekistonga qarshi tarkibi ma’lum bo‘ldi

Eron terma jamoasining O‘zbekistonga qarshi tarkibi ma’lum bo‘ldi
Eron milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Amir G‘alenoi 2026 yilgi JCH saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston va BAAga qarshi o‘tkaziladigan o‘yinlar uchun 21 nafar futbolchidan iborat tarkibni e’lon qildi.

Eron 20 mart kuni Tehrondagi \"Ozodi\" stadionida BAAni qabul qiladi va 5 kundan so‘ng xuddi shu stadionida O‘zbekiston bilan bellashadi.

Darvozabonlar — Payam Niyazmand, Muhammad Halife.
Himoyachilar — Milad Muhammadi, Omid Nurafkan, Ali Ne’mati, Daniyal Iri, Hussayn Kanoni, Amin Hazbavi, Arya Yusufi.
Yarim himoyachilar — Muhammad Mohebbi, Mehdi Gayedi, Saman Goddos, Said Izzatullohi, Muhammad Gorbani, Sayid Muhammad Karimi, Alirizo Jahonbahsh, Ali Golizoda.
Hujumchilar — Mehdi Taremi, Javad Hussaynejad,, Ali Alipur, Sardor Azmun.
Eron terma jamoasining O‘zbekistonga qarshi tarkibi ma’lum bo‘ldi
Forslar 16 ochko bilan \"A\" guruhida peshqadamlik qilmoqda va O‘zbekistondan 3 ochko oldinda boryapti. BAA esa 10 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

Eron – O‘zbekiston qarama-qarshiligi 25 mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.