Erling Xoland APL tarixida yangi rekord o‘rnatdi!

Erling Xoland APL tarixida yangi rekord o‘rnatdi!
\"Manchester Siti\" hujumchisi Erling Xoland Angliya Premer-ligasi tarixida yana bir rekord o‘rnatdi. U APL doirasida 100 ta gol va golli uzatmaga ishtirok etgan eng tez futbolchiga aylandi.

Xoland ushbu natijaga 94 ta o‘yinda erishdi. Bu ko‘rsatkich bilan u oldingi rekord egasi Alan Shirerni ortda qoldirdi (100 o‘yin). Shuningdek, Erik Kantona (116), Muhammad Salah (116), Serxio Aguero (118) va Tyerri Anri (121) kabi afsonaviy futbolchilardan ham tezroq natijaga erishdi.

Ushbu rekord Xolandning APLdagi samaradorligini yana bir bor isbotladi va uni tarixdagi eng kuchli hujumchilardan biri sifatida tasdiqladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.