Levandovski "Barselona" tarixidagi Messidan keyingi eng samarali futbolchiga aylandi

Levandovski "Barselona" tarixidagi Messidan keyingi eng samarali futbolchiga aylandi
\"Barselona\" hujumchisi Robert Levandovski mavsumdagi 35-golini urdi va klub tarixida bu natijaga erishgan ilk futbolchiga aylandi. 36 yoshli polyak futbolchi La Liganing \"Atletiko\"ga qarshi o‘yinida (4:2) jamoasi uchun birinchi golni 72-daqiqada kiritdi. Bu uning joriy mavsumdagi 40-o‘yindagi 35-goliga aylandi.

\"Opta\" ma’lumotlariga ko‘ra, Levandovski \"Barselona\"da 35+ gol urgan ilk futbolchi bo‘ldi. Bungacha bu rekord Lionel Messiga tegishli bo‘lib, u 2020/21 yilgi mavsumda 38 ta gol urgan edi.

Levandovski 2023 yilda \"Bavariya\"dan \"Barselona\"ga o‘tgan edi.

Manba: euro-football.ru
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.