O‘zbekistonlik kurashchilar xalqaro turnirda 20 ta medalni qo‘lga kiritishdi

O‘zbekistonlik kurashchilar xalqaro turnirda 20 ta medalni qo‘lga kiritishdi
Belbog‘li kurash bo‘yicha Hindistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi 20 ta medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Rotak shahri mezbonlik qilgan turnirda Hindiston, Rossiya va O‘zbekistondan sportchilar ishtirok etishdi. Kurashchilar belbog‘li kurashning klassik va erkin yo‘nalishlarida gilamga chiqdi. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Hanaboy O‘rayimov, Abbos Ahmadjonov, Murodjon Hamidov, Dostonbek Obidjonov, Samandar Abdusalomov, Azimjon Yo‘ldoshev, Farangiz Abdunabiyeva va Shirinoy Yo‘ldoshevalar oltin medallarni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik kurashchilar xalqaro turnirda 20 ta medalni qo‘lga kiritishdi
Turnir davomida uch mamlakat vakillari o‘zaro kelishib, ushbu musobaqani har yili tashkil qilishni kelishib oldi. Shuningdek, tomonlar 2026 yilgi musobaqa mezbornligini O‘zbekistonga berishdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.