Jahon kubogi. Yana uch bokschimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!

Jahon kubogi. Yana uch bokschimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!
Xabaringiz bor, 31 martdan 5 aprelgacha Braziliyada boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

World Boxing tashkiloti kubogining navbatdagi kunidan yarim final janglari o‘rin olgan edi. Hozirgacha 4 nafar vakilimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lgandi. Yana 3 nafar bokschimiz hal qiluvchi bosqich oldidan uchrashuvlarini o‘tkazdi.

- 55 kg vaznda Mirazizbek Mirzahalilov 5:0 hisobida Jose Felipe (Gvatemala) ustidan g‘alaba qozondi;

- 80 kg vaznda Javohir Ummataliyev hakamlarning yakdil qarori bilan Dias Moljigitov(Qozog‘iston)ni mag‘lubiyatga uchratdi;

- 85 kg vaznda Akmaljon Isroilov ochkolar bo‘yicha Yakub Strashevski(Polsha)dan ustun keldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.