“Barselona” – “Betis”: Uchrashuv oldidan imkoniyatlar va prognoz

“Barselona” – “Betis”: Uchrashuv oldidan imkoniyatlar va prognoz
La Liga 30-turidan o‘rin olgan “Barselona” – “Real Betis” uchrashuvi ertaga kechasi bo‘lib o‘tadi. Bukmekerlarning bahosiga ko‘ra, mezbonlar g‘alaba qozonish ehtimoli 68% ni tashkil etmoqda. Betisning g‘alabaga bo‘lgan umidi esa 15% atrofida.

So‘nggi 5 o‘zaro bahsda “Barselona” ustunlik qilgan:
• 4 ta g‘alaba
• 1 ta durang
• 0 ta yutqazish

Eng so‘nggi o‘yinda “Barselona” 5:1 hisobida zafar quchgan.

Jadval holati:
• “Barselona” – 1-o‘rin (66 ochko, 29 o‘yin)
• “Betis” – 6-o‘rin (47 ochko, 29 o‘yin)

“Barselona” chempionlik poygasini davom ettirmoqda, “Betis” esa kuchli beshlik uchun kurashmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.