Superliga. Mart oyining eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi aniqlandi

Superliga. Mart oyining eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi aniqlandi
Mart oyida O‘zbekiston Superligasida 3 ta tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Ushbu bahslardan keyin O‘zbekiston Professional futbol ligasi oyning eng yaxshi murabbiysi va futbolchisi nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, “OKMK” ustozi Mirjalol Qosimov mart oyining eng yaxshi murabbiysi sovrinini qo‘lga kiritdi. Uning qo‘l ostida olmaliqliklar mart oyida 3 ta o‘yin o‘yin o‘tkazib, 3 g‘alabani qo‘lga kiritdi. To‘plar farqi 7:2 ko‘rinishini oldi.
Superliga. Mart oyining eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi aniqlandi
Foto: O‘zPFL
Eng yaxshi futbolchi sovriniga “Bunyodkor”ning albaniyalik legioneri Luis Kachorri ega chiqdi. 27 yoshli hujumchi mart oyida Superligada 3 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 4 ta gol yozdirib qo‘ydi. Uning gollari evaziga ayni payt “qaldirg‘ochlar” turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi.
Superliga. Mart oyining eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi aniqlandi
Foto: O‘zPFL
Ma’lumot uchun, Superliganing 5-tur bahslari 11 aprel kunidan start oladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.