"Manchester Siti" superkambek amalga oshirib, "Kristal Pelas"ni mag‘lub etdi

"Manchester Siti" superkambek amalga oshirib, "Kristal Pelas"ni mag‘lub etdi
APLning 32-turidan o‘rin olgan \"Manchester Siti\" - \"Kristal Pelas\" bahsi yakuniga yetdi. Bellashuvda \"Shaharliklar\" kambek amalga oshirib, 5:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuv tezkor gol bilan boshlandi. Mehmonlar vakili Eze 8-daqiqada hisobni ochdi. 21-daqiqaga kelib esa Richards hisobni ikkitaga oshirdi.

Shunday so‘ng manchesterliklart tempni oshirdi va bu o‘z samarasini berdi. Kevin De Bryuyne jarima zarbasidan gol urib, hisobni qisqartirdi. Oradan 36-daqiqaga kelib esa Umar Marmush hisobni tenglashtiruvchi gol muallifi bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim ham mezbonlar ustunligida boshlandi. 47-daqiqada Kovachich jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 56-daqiqaga kelib Makeyti ham gol urdi. 79-daqiqada esa Orayli o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘yib beruvchi golni urdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.