“Inter” “Bavariya”ni musobaqadan chiqarib, yarim finalga yo‘l oldi

“Inter” “Bavariya”ni musobaqadan chiqarib, yarim finalga yo‘l oldi
UEFA Chempionlar Ligasi 1/4 final javob bahsi Milan shahridagi “Juzeppe Meazza” stadionida bo‘lib o‘tdi. “Inter” va “Bavariya” o‘rtasidagi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi, ammo birinchi o‘yinda qo‘lga kiritilgan 2:1 hisob tufayli “Inter” umumiy 4:3 hisob bilan yarim finalga chiqdi.

“Bavariya” safida gollarni Garri Keyn (52-daqiqa) va Erik Dayer (76-daqiqa) urdi. “Inter”ning javob gollari esa Lautaro Martines (56\') va Benjamin Pavar (61\') tomonidan kiritildi.

Statistikaga ko‘ra, “Bavariya” 20 zarba berdi, “Inter” esa 15 ta. To‘p nazoratida mehmonlar 63% bilan ustun bo‘ldi, ammo “Inter” imkoniyatlardan unumli foydalandi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.