Yevropa ligasi. "Atletik" va "Tottenxem" yarim finalga chiqdi (video)

Yevropa ligasi. "Atletik" va "Tottenxem" yarim finalga chiqdi (video)
Yevropa ligasi chorak finalidan o‘rin olgan bahsda \"Tottenxem\" Bundesliganing \"Ayntraxt\" klubi bilan bahs olib borib, 0:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ilk bellashuvda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishgan edi.

Ikkinchi uchrashuvning 43-minutida Solanke penaltidan foydalanib, o‘yindagi yagona golga mualliflik qildi. Ushbu gol esa \"shporlar\"ni yarim finalga olib chiqdi.

Ispaniyaning \"Atletik Bilbao\" klubi esa \"Reynjers\" bilan to‘qnash kelib, 2:0 hisobida muvaffaqiyatg erishdi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi ilk to‘qnashuvda ham durang qayd etilgan edi (0:0).

Uchrashuvning 45+4-daqiqasida Sanset penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqaga kelib Uilyams oradagi farqni 2 taga yetkazib qo‘ygan holda, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.