Rossiyada o‘tadigan JCh-2018 Rossiyada translyasiya qilinmasligi mumkin

Rossiyada o‘tadigan JCh-2018 Rossiyada translyasiya qilinmasligi mumkin
Rossiyada o‘tadigan JCh-2018 Rossiyada translyasiya qilinmasligi mumkin

Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Vitaliy Mutko JCh-2018 o‘yinlarining televizion translyasiyalarini sotib olish muammolari haqida gapirib o‘tdi.

– Bizda jahon chempionati o‘yinlarini translyasiya qilish narxi bir paytlari bo‘lgan 32 million dollarni ham hech kim to‘lay olmaydi. Hozir u 100 mln dollar. Rossiya Pervыy, Rossiya, Match TV kabi xoldinglar bo‘lsa ham JChni namoyish etish huquqini sotib ololgani yo‘q. Narx juda baland. Hattoki bitta nol qo‘shilgan desa ham bo‘ladi.

– Rossiya translyasiyalarsiz qolib ketishi mumkinligidan qo‘rqmaysizmi?

– Biz FIFA bilan bitta bitimga kelishishimiz kerak. Ular ham buni yaxshi tushunadi. Kelgusida qanday bo‘lishini ko‘ramiz. Hozir Rossiyada tender davom etmoqda, degan Mutko.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.