"Real"ning yangi mehmon formasi: Bernabeu kechalari uslubida!

"Real"ning yangi mehmon formasi: Bernabeu kechalari uslubida!
Madridning mashhur \"Real\" klubi va Adidas kompaniyasi 2025/26 mavsumi uchun yangicha dizayndagi mehmon formasini namoyish qildi. Ushbu libos dizaynerlar tomonidan \"Santyago Bernabeu\" stadionidagi ilhomlantiruvchi kechalar va muxlislarning yorqin ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqildi. Formaning asosiy rangi tundagi osmonni eslatuvchi chuqur ko‘k tusda bo‘lib, yangi mavsumdagi Yevropadagi va ichki maydonlardagi o‘yinlarda jamoaga kuch va ilhom bag‘ishlashi kutilmoqda.
"Real"ning yangi mehmon formasi: Bernabeu kechalari uslubida!
Klub rasmiy bayonotida ta’kidlanishicha, ushbu libos muxlislar xotirasida qolgan afsonaviy kechki o‘yinlar muhitini o‘zida aks ettirgan. Zamonaviy texnologiyalar bilan yaratilgan mato nafaqat jamoaning imidjini, balki o‘yinchilarning maydonda o‘zini erkin his qilishiga ham xizmat qiladi.
"Real"ning yangi mehmon formasi: Bernabeu kechalari uslubida!
Yangi mehmon formasi jamoa tomonidan ilk marta Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichida \"Red Bull Zalsburg\"ga qarshi uchrashuvda kiyiladi. \"Real\" yangi mavsumda ham barcha musobaqalarda chempionlikka da’vogar bo‘lib, muxlislarni hayajonli lahzalar bilan xursand etishni maqsad qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.