Ronaldu Trampga dastxati tushirilgan libosini sovg‘a qildi

Ronaldu Trampga dastxati tushirilgan libosini sovg‘a qildi
Portugaliya futboli afsonasi, besh karra \"Oltin to‘p\" sohibi Krishtianu Ronalduning yurakdan chiqqan tabrigi AQSHda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. U o‘zining shaxsiy imzosi tushirilgan va maxsus yozuv bilan bezatilgan Portugaliya terma jamoasi futbolkasini AQSH prezidenti Donald Trampga sovg‘a qildi.

Mazkur esdalik sovg‘asi Trampga Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta orqali topshirildi. AQSH prezidentining aloqa bo‘yicha maslahatchisi Margo Martinning ma’lum qilishicha, sovg‘a Tramp tomonidan samimiylik bilan qabul qilingan.

Qizil rangdagi futbolkada Ronalduning mashhur raqami — 7 raqami va uning shaxsiy imzosi yozilgan. Eng muhim jihati — futbolkadagi shunday yozuv bo‘ldi:
Ronaldu Trampga dastxati tushirilgan libosini sovg‘a qildi
\"To President Donald J. Trump – Playing for peace\"
(Tinchlik uchun harakat qilayotgan Prezident Donald Trampga)

Bu ibora nafaqat Ronalduning shaxsiy munosabatini, balki uning global tinchlik va hamkorlik yo‘lidagi qo‘llab-quvvatlovini ham ifoda etgan. Hozirgi geosiyosiy voqelikda bunday ramziy harakatlar e’tibor markazida bo‘lib qolmoqda.
Ronaldu Trampga dastxati tushirilgan libosini sovg‘a qildi
Futbol orqali insoniyatni birlashtirish g‘oyasi bugun jahonda juda muhim. Sport diplomatiyasi so‘ngi yillarda siyosiy aloqalarda ham o‘z ta’sirini ko‘rsata boshladi. Krishtianu Ronalduning bu kabi ezgu ishorasi ana shunday tahsinga loyiq holatlardan biri bo‘ldi.

Ta’kidlash joiz, Donald Tramp ham o‘z nutqlarida tinchlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Shu bois, Ronalduning bu sovg‘asi nafaqat futbol, balki siyosiy ahamiyatga ham ega.

Futbol va siyosat dunyo sahnasida yana bir bora kesishdi. Va bu safar tinchlik va do‘stlikni qo‘llab-quvvatlash ramzida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.