"Neftchi, "Nasaf" va "Dinamo" futbolchilari kiritgan gollar (video)

"Neftchi, "Nasaf" va "Dinamo" futbolchilari kiritgan gollar (video)

Superliganing 19-turi doirasidagi \"Vodiy derbisi\"da \"Neftchi\" safarda \"Navbahor\" mehmoni bo‘ldi va 0:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bellashuvdagi yagona gol 33-daqiqada Ikrom Aliboyev tomonidan kiritildi.

Shu tariqa, \"Neftchi\" muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritib, hisobidagi ochkolar sonini 39 taga yetkazib qo‘ydi.

“Navbahor” — “Neftchi” 0:1
Gol: Ikrom Aliboyev 33, 0:1

Superliganing 19-turidan o‘rin olgan \"Dinamo\" - OKMK bellashuvida mezbonlar kichik ustunlikdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi - 1:0.

Bahsdagi yagona gol ikkinchi bo‘lim startida Anvarjon Hojimirzayev tomonidan kiritildi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng \"Dinamo\" hisobidagi ochkolar soni 37 taga yetdi va musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarildi. OKMKdagi ochkolar soni esa o‘zgarishsiz qoldi - 34 ochko.

\"Dinamo\" – OKMK 1:0
Gol: Anvar Hojimirzayev 47\'

O‘zbekiston Superligasi 19-turidan o‘rin olgan \"Nasaf\"-\"Sho‘rtan\" uchrashuvi mezbonlar foydasiga 2:0 hisobida yakunlandi. Gollarga Sharof Muhiddinov hamda Sherzod Nasrullayevlar mualliflik qilishdi. Shu tariqa qarshiliklar turnir jadvalida peshqadamlikni qaytarib olishdi.

“Nasaf” — “Sho‘rtan” 2:0
Gollar: 61- Sharof Muhitdinov (Zafarmurod Abdirahmatov), 65 - Sherzod Nasrullayev (Sharof Muhitdinov)

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.