Umar Momani: Ronalduning tilla to‘pi, superklasiko, Vardi va Pep

Umar Momani: Ronalduning tilla to‘pi, superklasiko, Vardi va Pep
Umar Momani yangi karikaturalarni taqdim etdi.

1. Obameyang va Roys
Umar Momani: Ronalduning tilla to‘pi, superklasiko, Vardi va Pep

Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida \"Real\" o‘z uyida \"Borussiya\"ni qabul qildi va durang o‘ynadi. Obameyang va Roys jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

2. Borimiz shu!
Umar Momani: Ronalduning tilla to‘pi, superklasiko, Vardi va Pep

\"Arsenal\" jamoasi klub futbolchilari Aleksis Sanches va Mesut O‘zilga yangi shartnoma taklif qildi, ammo o‘yinchilar shartnoma shartlaridan noroziga o‘xshaydi.

3. Iguain va Belotti
Umar Momani: Ronalduning tilla to‘pi, superklasiko, Vardi va Pep

Yakshanba kuni \"Yuventus\" jamoasi \"Torino\" klubi ustidan g‘alaba qozonishdi. Andrea Belotti va Gonsalo Iguain \"hamshaharlari\"dan ajoyib \"tushlik\" tayyorlashdi.

4. Miki Mxitaryan
Umar Momani: Ronalduning tilla to‘pi, superklasiko, Vardi va Pep

Armanistonlik fubolchi Xenrix Mxitaryan nihoyat \"Manchester Yunayted\"dagi birinchi golini kiritdi, u ham bo‘lsa, \"Tottenxem\" jamoasi darvozasiga urildi.

5. Superklasiko
Umar Momani: Ronalduning tilla to‘pi, superklasiko, Vardi va Pep

Argentinada ham klasiko bor, faqat u superklasiko. \"Boka Xuniors\" va \"River Pleyt\" jamoalarining to‘qnashuvi shunday ataladi. Lekin bu safargi o‘yin \"Boka\" muxlislari uchun taqiqlandi.

6. Vardi Pepni qidirmoqda
Umar Momani: Ronalduning tilla to‘pi, superklasiko, Vardi va Pep

Angliya chempionatining 15-turida \"Manchester Siti\" jamoasi \"Lester\" mehmoni bo‘ldi va Vardining xet-triki hisobiga mag‘lubiyatga uchradi. Gvardiolani ko‘rmadingizmu, demoqda Vardi.

7. Ronalduning tilla to‘pi
Umar Momani: Ronalduning tilla to‘pi, superklasiko, Vardi va Pep

\"Real\" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining to‘rtinchi \"Oltin to‘p\"ini qo‘lga kiritdi. \"Frans Press\" nashri bu yilgi sovrin Ronalduniki ekanini e’lon qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.