Germaniya kubogi. «Bavariya» 3-liga jamoasini qanday mag‘lub etdi? (video)

Germaniya kubogi. «Bavariya» 3-liga jamoasini qanday mag‘lub etdi? (video)

Germaniya kubogidan o‘rin olgan \"Veyen\" - \"Bavariya\" o‘rtasidagi bellashuvda amaldagi Bundesliga g‘olibi zafar quchdi (3:2).

Dastlab to‘qnashuvning 16-daqiqasida Xarri Keyn hisobni ochdi. 51-daqiqada esa Maykl Olise oradagi farqni 2 taga yetkazib qo‘ydi.

Ushbu ikki futbolchining goliga esa Fatix Kaya 64 hamda 70-daqiqalarda gollar urib, dublni rasmiylashtirgan holda, javob berdi. Biroq, uchrashuvning 90+4-daqiqasida Keyn ham dubl muallifi bo‘lib, jamoasining keyingi bosqichga chiqishini ta’minladi.

Germaniya kubogi. 1-bosqich.

«Veen» - «Bavariya» 2:3
Gollar: Keyn (16, 90+4), Olise (51), Kayya (64, 70),

«Veen» — Shtritsel, May, Yanitsek, Gillekens, Mokenxaupt, Yoxansson, Gezyushirin, Donny Bogićević, Shlyaymer, Agrafiotis, Kayya.

«Bavariya» — Urbig, Gerreyru, Kim Min, Ta, Boye, Pavlovich, Kimmix, Dias, Karl, Olise, Keyn.

Ogohlantirishlar: Povlovich (49), May (53).

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.