Vitaliy Denisov jarohat oldi


Rossiya chempionatining 16-turida \"Lokomotiv\" o‘z maydonida \"Ural\" ni qabul qildi va g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda «Kun.uz».
Bu o‘yinda Vitaliy Denisov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va 24-daqiqada jarohat oldi. \"Ural\" futbolchisi Aleksandr Eroxin uning tizzasiga tepganidan keyin, Denisov 3-4 daqiqa maydonda oqsoqlangancha harakat qildi, ammo o‘yinni davom ettira olmadi. O‘yinning 30-daqiqasida uning o‘rniga Nemanya Peychinovich tushirildi.
Denisovning jarohati qay darajada ekanini tibbiy ko‘rikdan keyin aniqlanadi. \"Lokomotiv\" 7 dekabr kuni \"Terek\" bilan bahs yuritadi. Bu o‘yinda Vitaliy jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin.
Foto: uff.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













