“Real Madrid” o‘z maydonida “Marsel” ustidan g‘alaba qozondi

UEFA Chempionlar ligasi 1-turida “Real Madrid” o‘z maydonida “Marsel” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Hisobni mehmonlar – Timoti Vea (22\') ochdi. Ammo Kiliyan Mbappe ikki marta penalti orqali (28\', 81\') gol urib, jamoasiga uch ochko taqdim etdi. Uchrashuvning so‘nggi qismida Dani Karvaxal qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.
Statistikaga ko‘ra, “Marsel” to‘pni ko‘proq nazorat qilgan (57%), ammo “Real” 28 ta zarba bergan, 15 tasi darvozaga tekkan. G‘alaba evaziga “Real” guruhda 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













