«Ayntraxt»ning shiddatli hujumi «Borussiya M»ni yiqitdi – 10 gollik spektakl

Germaniya Bundesligasining 5-turi doirasida tom ma’nodagi gollar yomg‘iri kuzatildi. Myunxengladbaxning «Borussiya M» klubi o‘z maydonida «Ayntraxt»ni qabul qildi va o‘yin jamoatchilikni hayratda qoldirdi. Uchrashuv 10 ta golga boy bo‘lib, 4:6 hisobida mehmonlar g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bellashuvning ilk qismida Frankfurt jamoasi haqiqiy hujumkor o‘yin namoyish etdi. Mehmonlar ketma-ket zarbalar bilan raqibni chalg‘itib, qisqa vaqt ichida hisobni 6:0 ko‘rinishiga olib keldi. Kox ikki marta to‘p kiritdi (11 va 47-daqiqalar), Knauff (15), Burkardt (35), Chaibi (39) hamda Uzun (45+1) o‘z nomlarini tabloga yozdirdi.
Biroq «Borussiya M» ham taslim bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtasidan so‘ng mezbonlar o‘z muxlislari oldida obro‘ni saqlab qolish uchun hujumga tashlanishdi. Kastrop 72-daqiqada hisobni ochdi, Tabakovich 78-daqiqada ikkinchi golni urdi. Keyin Engelxardt (83) va Ranos (90+9) yana ikki to‘p kiritib, hisobi 4:6 ko‘rinishiga keltirishdi. Ammo vaqt mezbonlarning to‘liq qaytishiga imkon bermadi.
Bundesliga. 5-tur
«Borussiya M» — «Ayntraxt» 4:6
Gollar: Kastrop (72), Tabakovich (78), Engelxardt (83), Ranos (90+9) — Kox (11, 47), Knauff (15), Burkardt (35), Chaibi (39), Uzun (45+1).
Shu tariqa, «Ayntraxt» ushbu yirik g‘alabadan so‘ng ochkolarini 9 taga yetkazib, turnir jadvalida 4-pog‘onaga ko‘tarildi. «Borussiya M» esa 2 ochko bilan chempionatdagi eng pastki o‘rinda qolib ketdi.
Myunxengladbax muxlislari uchun ushbu kecha og‘ir kechdi, biroq uchrashuv Bundesliga tarixidagi eng tomoshabop va dramatik o‘yinlardan biri sifatida yodda qolishi aniq.













