Konor Makgregor: “Oq uyda jang bo‘yicha kelishuv amalga oshdi”

Konor Makgregor: “Oq uyda jang bo‘yicha kelishuv amalga oshdi”

Irlandiyalik UFC jangchisi Konor Makgregorning aytishicha, u Oq uyda jang o‘tkazish bo‘yicha rasman kelishuvga erishgan, deb The Independent manbasiga asoslanib Kursiv Media xabar berdi.

“Ish bitdi, imzolandi, bajarildi,” — dedi Makgregor. Uning aytishicha, bu tashabbusda unga Tramp va AQSh ma’muriyati yordam bergan. Makgregor bu jang orqali “haqiqiy shou” qilishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, u ushbu jang uchun 100 million dollar va 100 ta “oltin” AQSh vizasi olish niyati borligini bildirgan. Jang 2026-yil yozida, AQSh mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan o‘tkazilishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.