Goada Jahon kubogi: o‘zbek grossmeysterlari juftliklari e’lon qilindi

Shaxmat ahli intizorlik bilan kutgan Jahon kubogi 2025 rasman start oladi: musobaqa Hindistonning Goa shahrida 31 oktyabr kuni boshlanadi. Turnir tuzilmasi — 206 ishtirokchi, nokaut tizimi; yuqori reytingli shaxmatchilar 1/64 bosqichidan bahsga qo‘shiladi. Tay-breyklar qoidasi saqlanadi, har bir duelda xato kechirilmaydi.
O‘zbekiston nomidan ishtirok etadigan shaxmatchilar va ularning start juftliklari:
— Nodirbek Abdusattorov — 1/64 bosqichdan. Raqibi: Diyego Flores – Denis Maxnev juftligining g‘olibi.
— Javohir Sindarov — 1/64 bosqichdan. Raqibi: Nikita Petrov – Kirk G‘azaryan juftligining g‘olibi.
— Nodirbek Yakubboyev — 1/64 bosqichdan. Raqibi: Niklas Huschenbet – Bilel Bellaxseni juftligining g‘olibi.
— Muhammadzohid Suyarov — 1/128 bosqichdan. Raqib: 2024 yilgi Nomzodlar turniri ishtirokchisi Nijat Abasov.
— Shamsiddin Vohidov — 1/128 bosqichdan. Raqib: Jaloliddin Ilhomi.
Qisqacha tarzda aytganda, reytingi yuqori triomiz — Abdusattorov, Sindarov va Yakubboyev ilk bosqichni kuzatuvchi sifatida o‘tkazib, 1/64 bosqichdan chekiga tushgan raqiblarga qarshi tushadi. Suyarov esa darhol katta sinov — Abasovga qarshi o‘yindan boshlaydi. Vohidovga ham o‘tkir duel kutilmoqda.
Goadagi dovruqli marafonda har ochko oltin qiymatida. Muxlislarimizga zavq ulashadigan keskin o‘yinlar, chiroyli kombinatsiyalar va mahorat namoyishlari oldinda. Jamoamizga omad!













