Henderson “Liverpul”ning ketma-ket 4 mag‘lubiyatini izohladi

Henderson “Liverpul”ning ketma-ket 4 mag‘lubiyatini izohladi
"Brentford" yarim himoyachisi Jordan Henderson "Liverpul"ning so‘nggi o‘yinlardagi muammolari haqida fikr bildirdi. U sobiq jamoasining natijalari sustlashganini tan oldi, ammo "Liverpul" hali ham kuchli ekanini ta’kidladi.

Euro-football.ru yozishicha, Henderson bu fikrlarini TNT Sports bilan suhbatda aytgan. Arne Slot boshqaruvidagi "Liverpul" barcha musobaqalarda so‘nggi olti o‘yindan beshtasida mag‘lub bo‘ldi.

Angliya Premyer-ligasida esa "qizillar" ketma-ket to‘rt uchrashuvda yutqazdi. Oxirgi mag‘lubiyat "Brentford"ga qarshi yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi va 2:3 hisobi bilan yakunlandi.

Henderson "Liverpul" tarkibida zaif tomonlarni ko‘rmayotganini aytdi. U jamoa hozircha natijalarda qiyinchilikka duch kelayotganini, biroq tez orada o‘yinini tiklab, muvaffaqiyatga erishishiga ishonishini bildirdi.

Henderson "Liverpul"da 12 yil o‘ynagan va bir necha yil jamoa sardori bo‘lgan. Ayni paytda, Premyer-liga jadvalida "Liverpul" to‘qqiz turdan so‘ng oltinchi o‘rinda bormoqda.

"Brentford" esa o‘ninchi pog‘onani egallab turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.