"Liverpul" Kloppni qaytarishi mumkin

"Liverpul" Kloppni qaytarishi mumkin

\"Liverpul\" jamoasi so‘nggi natijalardan xavotirda. Arne Slot boshqaruvidagi jamoa o‘tgan olti uchrashuvda bitta g‘alaba va beshta mag‘lubiyatga uchradi.

CaughtOffside manbasi IndyKaila News’ga tayanib xabar berishicha, hozircha Slot o‘z lavozimida qoladi. Ammo natijalar yaxshilanmasa, Mersisayd jamoasi rahbariyati bosh murabbiyni almashtirish qarorini ko‘rib chiqishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, agarda Slot bilan xayrlashishga to‘g‘ri kelsa, \"Liverpul\" Yurgen Kloppni qaytarish variantini ham ko‘rib chiqishi ehtimoldan holi emas. Yaqinda Klopp agar Premer-ligada yana ishlasa, faqat \"Liverpul\"ni boshqarishini ma’lum qilgan edi.

Yurgen Klopp 2015–2024-yillarda \"Liverpul\"ni boshqargan. Hozirda u \"Red Bull\" futbol tizimida faoliyat yuritmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.