"Shtutgart" g‘alabalar seriyasini davom ettirdi

"Shtutgart" g‘alabalar seriyasini davom ettirdi

Germaniya chempionatining 8-turida \"Shtutgart\" o‘z maydonida \"Mayns\"ni qabul qilib, dastlab hisobda ortda qolgan bo‘lsa-da, g‘alaba qozondi. 41-daqiqada \"Mayns\" futbolchisi Nadim Amiri penaltidan darvozani ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Biroq tanaffusga qadar Kris Fyuring uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi. 79-daqiqada \"Shtutgart\" darvozaboni Aleksandr Nyubelning aniq uzatmasi natijasida Deniz Undav jamoasiga g‘alaba keltirgan golni kiritdi – 2:1.

Shu tariqa, \"Shtutgart\" beshinchi marta ketma-ket g‘alaba qozonib, 18 ochko bilan chempionat jadvalida kuchli uchlikka ko‘tarildi. \"Mayns\" esa atigi 4 ochko bilan jadvalning so‘nggi o‘rinlarida qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.