Liverpul Salahning o‘rniga o‘yinchi tanladi

Liverpul Salahning o‘rniga o‘yinchi tanladi
Liverpul klubi hujumchi Muhammad Salahning o‘rniga kimni olib kelmoqchiligini ma’lum qildi. Fichajes manbasiga ko‘ra, Liverpul rahbariyati Nyukasl klubi yarim himoyachisi Entoni Gordonga asosiy transfer maqsadi sifatida qaramoqda.

Aytilishicha, mersisaydliklar skautlari Gordonga bir yildan ortiq vaqt davomida e’tibor qaratmoqda. Shu bilan birga, Nyukasl rahbariyati Gordonni jamoaning muhim qismi deb hisoblab, uni past narxda qo‘yib yuborishga tayyor emas.

Entoni Gordon 2023-yildan beri Nyukasl safida to‘p suradi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda o‘nta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 65 million yevro etib baholangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.