Yamal va Pedri Karvaxalni obunadan chiqardi

Yamal va Pedri Karvaxalni obunadan chiqardi
O'tgan dam olish kunlari Madridning "Real" va "Barselona" jamoalari o'rtasida "El-Klasiko" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ushbu o'yin "Santyago Bernabeu" stadionida tashkil etilib, mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Footmercato xabariga ko'ra, ushbu prinsipial uchrashuvdan so'ng "Barselona" futbolchilari Lamin Yamal va Pedri "Real" himoyachisi Dani Karvaxalni ijtimoiy tarmoqlardagi obunalaridan chiqargan. Karvaxal ham o'z navbatida vatandoshlarini obunalaridan olib tashlagan.

La Liga chempionatining o'n turidan so'ng "Real" 27 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Barselona" esa 22 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.