Arjen Robbenning "Bavariya" haqida fikrlari

Arjen Robbenning "Bavariya" haqida fikrlari
Sobiq "Bavariya" futbolchisi Arjen Robben jamoaning joriy mavsumdagi o‘yinlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. "Bavariya" joriy mavsumda barcha musobaqalarda o‘tkazgan 12 o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi.

"Hozirda "Bavariya"da hammasi ajoyib. Jamoaning o‘yin uslubi menga juda yoqadi, futbolchilar bir jamoa sifatida yaxshi uyushgan – har bir o‘yinchi himoyada ishtirok etyapti.

Maykl Olice va Luis Dias kabi futbolchilarda asosiy rolni bajarish uchun barcha imkoniyatlar bor. Ikkalasi ham hozirda ajoyib formada, tezkor va birga-bir vaziyatlarda ustunlik qilishadi.

"Bavariya" hozirgi sur’atini saqlab qolsa, har qanday raqibni yengishga qodir. Menimcha, kompani jamoasi Chempionlar Ligasi favoritlaridan biri.

Albatta, finalga hali uzoq vaqt bor, ammo hozirgi holatda ular mag‘lub etib bo‘lmaydi," – deydi Robben Bayern & Germany nashri orqali. Bugun myunxenliklar Bundesligada "Borussiya Myonxengladbax"ga qarshi bahs olib borishadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.