Bavariya Gnabrining maoshini kamaytirmoqchi

Bavariya klubi rahbariyati hujumkor yarim himoyachi Serj Gnabrining shartnomasini muayyan shartlar asosida uzaytirishni rejalashtirmoqda. 30 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yilning iyun oyi oxirida yakunlanadi.
Maʼlumki, futbolchi klubda qolishni va yangi shartnoma imzolashni istamoqda. Jurnalistlar Tobi Altsheffl va Kristian Falkning xabar berishicha, Myunxen klubi Gnabrini saqlab qolmoqchi, biroq uning maoshi hozirgidan taxminan uchdan bir qismini qisqartirishni ko‘zlamoqda.
Yangi shartnoma 2028 yilgacha moʻljallangan boʻlishi mumkin. Serj Gnabri bu mavsumda barcha musobaqalarda oʻnta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va to‘rt marta jamoadoshlariga golli uzatma berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Maʼlumki, futbolchi klubda qolishni va yangi shartnoma imzolashni istamoqda. Jurnalistlar Tobi Altsheffl va Kristian Falkning xabar berishicha, Myunxen klubi Gnabrini saqlab qolmoqchi, biroq uning maoshi hozirgidan taxminan uchdan bir qismini qisqartirishni ko‘zlamoqda.
Yangi shartnoma 2028 yilgacha moʻljallangan boʻlishi mumkin. Serj Gnabri bu mavsumda barcha musobaqalarda oʻnta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va to‘rt marta jamoadoshlariga golli uzatma berdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













