Kanisares Barselonani tanqid qildi

Kanisares Barselonani tanqid qildi
Sobiq mashhur darvozabon Santyago Kanisares “Barselona”ni futbolchilarni tiklashdagi ishlari uchun tanqid qildi. “Barselona” tiklanish uchun eng yaxshi klub emas.

U yerda jarohatlar juda ko‘p, hattoki ayrimlari qayta takrorlanmoqda. Bu meni Lamine Yamalga bir-ikki kun dam berish haqidagi o‘ylarimdan ko‘ra ko‘proq xavotirga soladi”, – dedi Kanisares Radio Marca efirida.

Avvalroq sport shifokori Lamine Yamalning chov sohasidagi muammolar tufayli hali 100 foiz tayyor emasligini aytgan edi. “Barselona” 2-noyabr, yakshanba kuni La Liga doirasida “Elche”ga qarshi o‘z maydonida o‘yin o‘tkazadi.

Hozirda kataloniyaliklar La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.