Berbatov Virtsni Modrichga qiyosladi

Berbatov Virtsni Modrichga qiyosladi
Sobiq mashhur futbolchi Dimitar Berbatovning fikricha, Florian Virts "Liverpul" safida hali porlaydi. Bolgariyalik mutaxassis nemis futbolchisining kuchli jihatlarini ham alohida ta'kidladi.

"Virtsning futbolni tushunishi, bo'sh zonalarni izlash qobiliyati, o'z pozitsiyasini tanlash uslubi, toʻp bilan ishlash mahorati, improvisatsiyasi, uzatmalari va zarbalari – barchasi hayratlanarli. Albatta, kimdir uning tana tuzilishi Angliya Premer-ligasi uchun mos emas deb aytishi mumkin.

Biroq, Modrichga qarang – uning jismoniy tuzilishi ham xuddi shunday. Ammo Modrich – chinakam yirtqich futbolchi.

U ajoyib o'yinchi. Shunday ekan, Virtsga vaqt bering.

U "Liverpul"da ajoyib futbolchi bo'ladi", – dedi Berbatov Rio Ferdinand podkastida. 2025/2026 yilgi mavsumda Florian Virts 13 o'yinda maydonga tushib, 3 bor golli uzatma amalga oshirgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.