Lion Endrikni ijaraga olishni rejalashtirmoqda

Lion Endrikni ijaraga olishni rejalashtirmoqda
Braziliyalik hujumchi Endrik 2025/2026 yilgi mavsumda hali birorta ham o'yin o'tkazmagan. 19 yoshli futbolchi o'yin amaliyotiga muhtoj bo'lgani sababli, qishki transfer oynasida "Real"ni tark etishi kutilmoqda.

Nufuzli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, "Lion" Endrik bo'yicha muzokaralarni boshlagan. Fransiyaning 1-Liga klubi braziliyalik hujumchini mavsumning ikkinchi qismi uchun ijaraga olishni istamoqda.

Romano ta'kidlashicha, "Lion" Endrikka o'zining sport loyihasini taqdim etgan. Shuningdek, Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Endrikning transfer qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha davom etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.