Kroos: "Barselona"ga Inyigo Martinez yetishmayapti


Sobiq \"Real\" futbolchisi Toni Kroos joriy mavsumda \"Barselona\" tarkibida qaysi futbolchi etishmayotganini aytdi. Kroosning fikricha, bu yozda \"Al-Nasr\"ga o\'tgan himoyachi Inyigo Martinezdir.
\"Men avval ham aytganman, Inyigo Martinez \"Barselona\" uchun juda muhim edi. U himoyadan to\'pni chiqazishda eng yaxshi futbolchilardan biri edi.
To\'g\'ri, u eng tezkor futbolchi emas, lekin birinchi pas berishda mahoratga ega. \"Real\"ga qarshi o\'yinda Martinezning yo\'qligi sezildi – jamoa raqibning pressingiga qarshi qiynaldi.
\"Barselona\" hali ham Inyigoga teng darajada o\'rinbosar topa olmadi\", – dedi Kroos Einfach mal Luppen podkastida. Eslatib o\'tamiz, \"Barselona\" o\'tgan hafta oxirida \"Real\"ga mezbonlik qilgan o\'yinda 1:2 hisobida mag\'lub bo\'ldi.













