Barselona bitta o‘yindan 8 million yevro topishi mumkin


Kataloniyaning \"Barselona\" klubi Peru hududida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishga yaqin turibdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, \"ko‘k-anorranglilar\" o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etish bo‘yicha Janubiy Amerika vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, \"Barselona\" ushbu o‘yindan 7-8 million yevro atrofida daromad ko‘rishi mumkin.
So‘nggi o‘yinda Xavi Ernandes boshchiligidagi jamoa La Liga doirasida \"Real Madrid\"ga qarshi maydonga tushdi. \"Santyago Bernabeu\" stadionida o‘tgan bahsda kataloniyaliklar 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Hozirda \"Barselona\" 22 ochko bilan musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. \"Real Madrid\" esa 27 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.













