Enso Mareska “Yuventus”ni boshqarmaydi

Enso Mareska “Yuventus”ni boshqarmaydi
Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Enso Mareska bu hafta xorvatiyalik mutaxassis Igor Tudor bilan xayrlashgan “Yuventus”ni boshqarishga o‘tmaydi. Daily Mail nashrining xabar berishicha, “keksa sinora” rahbariyati “aristokratlar” murabbiyiga rasmiy taklif bilan chiqqan emas.

Turin grandini boshqarish uchun asosiy nomzod sifatida italiyalik mutaxassis Luchano Spaletti ko‘rilmoqda. Ayni damda “Yuventus” A Seriyaning to‘qqiz turidan so‘ng 15 ochko jamg‘argan va musobaqa jadvalida yettinchi o‘rinda bormoqda.

Turin klubi yetakchi “Napoli”dan olti ochkoga ortda qolmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.