APLda oyning eng yaxshi murabbiyi nomzodlari eʼlon qilindi


Angliya Premyer Ligasida oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar eʼlon qilindi. Ushbu ro‘yxat musobaqaning rasmiy sahifasida chop etildi.
Mukofot uchun to‘rtta murabbiy kurash olib bormoqda: Mikel Arteta (\"Arsenal\", 3 g‘alaba), Ruben Amorim (\"Manchester Yunayted\", 4 g‘alaba), Andoni Iraola (\"Bornmut\", 2 g‘alaba va 1 durang), hamda Unai Emeri (\"Aston Villa\", 3 g‘alaba). G‘olib mutaxassislar va muxlislar o‘rtasidagi ovoz berish natijasiga ko‘ra aniqlanadi.
Joriy mavsumda \"Kristal Pelas\" murabbiyi Oliver Glasner va \"Liverpul\"da ishlayotgan Arne Slot allaqachon oyning eng yaxshi murabbiyi deb eʼtirof etilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













