Al-Ahli Muhammed Salah transferi bo'yicha izoh berdi


Misrning \"Al-Ahli\" futbol klubi sport direktori Said Abdel Hafiz \"Liverpul\"ning yulduz hujumchisi Muhammed Salahning transferi bo\'yicha izoh berdi. \"Muhammed futbolning global yulduzi.
Uning erishgan yutuqlarini boshqa afrikalik futbolchilar uchun takrorlash juda qiyin bo\'ladi. Salah \"Liverpul\" bilan shartnomasini uzaytirdi, shuning uchun haqiqatni real ko\'rish kerak.
Biz uning transferi bo\'yicha hech qanday muzokaralar olib bormadik. Bularning barchasi ommaviy axborot vositalarining uydirmalaridir\", – deya Goal.com Said Abdel Hafizning so\'zlarini keltirdi.
33 yoshli misrlik futbolchining \"qizillar\" bilan mehnat shartnomasi 2027 yil yozida yakunlanadi. Salahning transfer narxi 45 million yevroni tashkil etadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













